
O‘tgan hafta davomida va ushbu haftaning boshida yoz fasli uchun qulay bo‘lgan ob-havo sharoitidan so‘ng, yana jazirama o‘z ta’sirini boshlaydi.
13 iyulda hududlarning katta qismida havo harorati 33-36°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37-40° gacha atrofida bo‘lishi saqlanib turadi, ertadan boshlab esa harorat ko‘tariladi va 15-16 iyulga kelib 38-41°ga, janubda va cho‘l hududlarda 42-43°gacha bo‘ladi.
Haroratning bunday ko‘tarilishi Eron hududlaridan issiq va quruq havo kirib kelishi natijasida sodir bo‘ladi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar