1 092
«Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasida shaxsiy hayot daxlsizligiga oid normalar kuchaytirilmoqda
Insonning ozodligi, sha’ni-yu qadr-qimmati bebaho va daxlsiz qadriyat sifatida ulug‘lanadi. Shunga ko‘ra, fuqarolarning huquq va erkinliklari shaxsiy hayot daxlsizligi qonunan muhofaza qilinadi. Sababi, insonning shaxsiy hayoti deganda shaxsan o‘zi tomonidan olib boriladigan, o‘zgalardan xoli bo‘lgan uning jismoniy va ruhiy hayoti tushuniladi.
Inson o‘zining oilaviy, maishiy shuningdek, muloqot muhiti, diniy munosabati, shaxsiy qiziqishlari (munosabatlari) va boshqa shu kabi chegaralangan muhitlar bo‘lib, shaxs bular haqida ma’lumotlar oshkor etilishini istamasligi mumkin. Shaxsiy hayotga doir ma’lumotlar qonun bilan qo‘riqlanadi. Ular faqat shaxsning roziligi bilangina (qonunda belgilangan istisnolar mavjud) olinishi, saqlanishi va tarqatilishi mumkin.
Amaldagi bosh qomusimizning 27-moddasida har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega ekanligi belgilangan. Ushbu norma vaqt o‘tishi bilan kengaytirilishi, takomillashtirilishi hamda zamon talablaridan kelib chiqib to‘ldirishi zarurligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi.
Masalan, hozirda ko‘p kuzatilayotgan shaxsiy va oilaviy sir sifatida farzandlikka olish sirini, er-xotinning o‘zaro hayotini, o‘zaro mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarini, boshqa shaxslar bilan yashirin munosabatlari va boshqa munosabatlariga oid ma’lumotlarni shaxslarning roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni aytish mumkin.
Shunga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasiga asosan Bosh Qomusimizning 27-moddasi «Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz bo‘lishi, shaxsiy va oilaviy siri, o‘z sha’ni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega.
Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqiga ega.
Har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni, pochta-telegraf jo‘natmalarini hamda boshqa xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega. Sudning qarorisiz uy-joydan mahrum etilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hech kim shaxsning uy-joyiga yoki boshqa mol-mulkiga qonunda nazarda tutilganidan boshqacha holda va tartibda kirishga, tintuv o‘tkazishni yoki ko‘zdan kechirishni amalga oshirishga haqli emas» deb qayta tahrir qilinmoqda.
Ushbu tahrir qilinayotgan modda har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz bo‘lishi, shaxsiy va oilaviy siri, o‘z sha’ni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega ekanligini, shuningdek, har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqiga egaligi hamda har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni, pochta-telegraf jo‘natmalarini hamda boshqa xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga ega.
Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi kabi huquqlari kafolatlanishi va shaxsiy hayot daxlsizligiga oid normalar kuchaytirilishini belgilanmoqda.
Taklif etilayotgan ushbu norma yuqoridagi kabi salbiy holatlarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sevara Urinbayeva
Adliya vazirligi mas’ul xodimi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Adliya vazirligi mas’ul xodimi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi