«O‘zgidromet» hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Haftaning birinchi yarmida hududlarning katta qismida quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati 40-43 daraja atrofida, janubda 45 darajagacha bo‘ladi.
Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi tarqaladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 25–26 iyul kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati 32–37 darajagacha pasayadi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinadi va respublika bo‘yicha harorat pasaya boshlaydi.
Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi va ko‘pchilik viloyatlarda havo harorati 33–36 darajagacha pasayadi, faqat eng chekka janubda 39–41 darajaga yetadi.
25–27 iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, 28–29 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17–22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
25–28 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi