2 089
PPX xodimlariga 8 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish vakolati beriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Deputatlar “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar tuzish vakolatlari hududiy ichki ishlar organlari rahbariyati, profilaktika inspektorlari va yo‘l harakati xavfsizligi xodimlariga berilgani sababli patrul-post xizmati xodimlari o‘zi aniqlagan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari yuzasidan huquqbuzarni majburiy tartibda ichki ishlar organiga yoki tayanch punktiga keltirib, bildirgi orqali vakolatli mansabdor shaxsga topshirishi amaliyoti joriy qilingan.
Qonun loyihasida ichki ishlar organlari mas’uliyatini oshirish, ularning xizmat samaradorligini kuchaytirish maqsadida ichki ishlar bo‘limlari (boshqarmalari) boshliqlari yoki boshliq o‘rinbosarlariga qo‘shimcha ravishda 8 turdagi ma’muriy huquqbuzarlikni ko‘rib chiqish, profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha ravishda 10 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish belgilab qo‘yilmoqda.
Patrul-post xizmati xodimlariga 8 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish, Milliy gvardiya organlari xodimlariga qo‘shimcha ravishda 13 turdagi ma’muriy huquqbuzarlikni ko‘rib chiqish hamda 4 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish vakolati berilishi nazarda tutilmoqda.
Majlisda qonun loyihasi qabul qilinishi sohadagi munosabatlarni qonun bilan tartibga solinishiga xizmat qilishi aytilib, ushbu hujjat deputatlar tomonidan qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»