O‘zbekiston aholisi 2,1 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2020-yilga nisbatan 712,4 ming kishiga(2,1%) oshib, 35,6 million kishini tashkil etdi, deya xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasining mamlakatdagi demografik vaziyat bo‘yicha hisobotida. Ayollar soni 346,6 ming kishiga(2%), erkaklar soni 365,7 ming kishiga (2.1%) ga oshdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda dunyo aholisining umumiy soni 7,8 milliard kishini tashkil qiladi. O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha 43-o‘rinda.
O‘zbekistonning shahar aholisi 17,9 million kishiga (jami aholining 50,8 %), qishloq aholisi 17,35 million kishiga (49,2 %) yetdi.
Hududlar kesimida aholi umumiy sonida eng katta ulush Samarqandda – 4 million kishi, Farg‘onada – 3,8 million, Qashqadaryoda – 3,4 million va Andijonda – 3,2 million kishiga to‘g‘ri keladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda dunyo aholisining umumiy soni 7,8 milliard kishini tashkil qiladi. O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha 43-o‘rinda.
O‘zbekistonning shahar aholisi 17,9 million kishiga (jami aholining 50,8 %), qishloq aholisi 17,35 million kishiga (49,2 %) yetdi.
Hududlar kesimida aholi umumiy sonida eng katta ulush Samarqandda – 4 million kishi, Farg‘onada – 3,8 million, Qashqadaryoda – 3,4 million va Andijonda – 3,2 million kishiga to‘g‘ri keladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…