date
views 1 826

«Oʻzgidromet» kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo boʻlishini ma'lum qildi

«Oʻzgidromet» kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo boʻlishini ma'lum qildi
Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 22 avgust, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 27-29 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 24-29 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 26-31 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Oʻzgidromet» kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo boʻlishini ma'lum qildi