
Kelayotgan hafta oxirlarida shimol viloyatlarda antitsiklon chekka qismi ta’sirida havo harorati pasayadi. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Skandinaviya ustida shakllanayotgan sovuq antitsiklon chekka qismi kelayotgan hafta oxirlarida O‘zbekistonning shimoliy qismiga, keyinroq haftaning yakshanba kunida esa respublikaning katta qismiga o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi.
“Antitsiklon hozirgi mavsumda bizning mintaqaga quruq va sovuq ob-havoni taqdim etadi. Ammo, u o‘z harakati davomida o‘ziga nisbatan janub va g‘arbda yaxshigina yomg‘irli jarayonlarni kuchaytiradi”, deyiladi xabarda.
Yevropa markazi va O‘rta Yer dengiz atrof mamlakatlari hafta boshida yomg‘irli mavsumga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Antitsiklon o‘z ta’sir hududlarida havo haroratini joylarda iqlimiy me’yordan 5-6 darajagacha pasaytiradi. Rus tekisligida mavsum uchun dastlabki "sovuq urish" (zamorosk) hodisalari kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonda hafta boshlarida antitsiklon kirib kelishiga qadar issiq harorat kuzatiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar