
Respublika Gidrometeorologiya markazi 11 sentyabr, yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. Unga koʻra:
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 23-25° daraja issiq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim hududlarda kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Surxondaryo viloyatida shamolning kuchayishi ba'zi joylarda 20-23 m/s ga etishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Shamolning kuchayishi ba'zi joylarda 20-23 m/s ga etishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda (2500 metrdan yuqori) yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar