
O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit kunning tungi payti Ukraina hududidan Rossiya hududiga piyoda o‘tgan. Chegarachilar uni Kursk viloyatining Rilsk shahrida qo‘lga olishgan.
Viloyat bo‘yicha Rossiya Federal xavfsizlik xizmati chegara boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu yigitga 2017 yilning yozigacha Rossiya hududiga kirish taqiqlab qo‘yilganiga qaramasdan, u Rossiya chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tgan. Uning aytishicha, u buni Rossiyada yashash va ishlash uchun qilgan.
Qoidabuzar hozirda hibsda saqlanmoqda. Unga nisbatan chegarani noqonuniy o‘tganlik holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar