date

Islom Karimov: O‘zbekiston Rossiyaga meva va sabzavot etkazib berishda Turkiyaning o‘rnini bosa oladi

Islom Karimov: O‘zbekiston Rossiyaga meva va sabzavot etkazib berishda Turkiyaning o‘rnini bosa oladi

O‘zbekiston prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Rossiya Federasiyasiga uzoq muddat davomida meva va sabzavotlar etkazib berish salohiyatiga ega hisoblanadi va bu borada O‘zbekiston Turkiyaning o‘rnini bosa olishi mumkin. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.

"To‘g‘risini aytaylik: Turkiya endilikda ma’lum bir sabablarga ko‘ra, Rossiyani meva va sabzavotlar bilan ta’minlay olmaydi. Meva va sabzavotlar etkazib berilishi to‘xtatilishining jiddiy sabablari mavjud. Aytingchi, axir O‘zbekistonda meva va sabzavotlar kam etishtiriladimi?", deydi Islom Karimov Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida.

"O‘zbekiston 2016 yilda meva va sabzavotlar etishtirish hajmini 4,5 mln tonnaga oshirmoqchi. Raqamlar shunday. Biz shunchaki 1 yil uchun emas, uzoq muddat davomida Rossiyani meva va sabzavotlar bilan ta’minlay olamiz”, deb qo‘shimcha qilgan respublika rahbari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Islom Karimov: O‘zbekiston Rossiyaga meva va sabzavot etkazib berishda Turkiyaning o‘rnini bosa oladi