13:19 / 16.10.2022
2 674

Yurtimizda sovuq va yomg‘irli kunlar boshlanishi kutilmoqda

Yurtimizda sovuq va yomg‘irli kunlar boshlanishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» 17-20 oktabr kunlariga kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 oktabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat 17 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20°, 18 oktabrda kechasi 3-8°, kunduzi 13-18°, 19 oktabrda kechasi 0-5° iliqgacha, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 13-18° gacha pasayadi, 20 oktabrda kechasi 2-7°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17 oktabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 18 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19-20 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

17-18 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 17 oktabrda kechasi 9-14°, kunduzi 20-25°, 18 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°, 19 oktabrda kechasi 3-8°, kunduzi 15-20°, 20 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Navoiy viloyatining shimolida 17 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20°, 18 oktabrda kechasi 3-8°, kunduzi 13-18°, 19 oktabrda kechasi 0-5°, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 13-18°, 20 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17 oktabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 18 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

19 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat 17 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 18 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20°, 19 oktabrda kechasi 3-8°, kunduzi 15-20°, 20 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat 17 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 18 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°, 19-20 oktabrda kechasi 3-8°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17 oktabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 18 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat 17 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 18 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°, 19-20 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 17-19 oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 18 oktabrda kechasi 3-8°, kunduzi 15-20°,19 oktabrda kechasi 2° sovuqgacha-3° iliqgacha, kunduzi 3-8° iliqgacha, 20 oktabrda kechasi 2° sovuqgacha-3° iliqgacha bo‘ladi.

Ob havo Andijon1, Qarshi ob havo1, Navoiy ob havo1, Samarqand ob havo1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yurtimizda sovuq va yomg‘irli kunlar boshlanishi kutilmoqda