
«Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturining O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi sohasiga doir dasturga binoan, «O‘zbekiston Pochtasi» aksiyadorlik jamiyati 1941−1945 yillardagi urush yakunlanganining 70 yilligi, fashizm ustida erishilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan o‘zbekistonliklarning qahramonligiga bag‘ishlab pochta markalari va konvertlar chiqaradi, deb xabar bermoqda «Infocom.uz».
Maxsus esdalik konvertlari va pochta markalari joriy yilning may oyida sohaviy dastur bo‘yicha ko‘zda tutilgan 1941−1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazish doirasida muomalaga kiritiladi.
Manba: www.daryo.uz
O‘zbekiston PochtasiKeksalarni E’zozlash YiliUrush YillariFashizm UstidaPochta MarkalariMaxsus Esdalik Konvertlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar