15:20 / 15.11.2022
1 211

«O‘zgidromet»: Toshkentda 16 noyabr kuni qor yog‘ishi mumkin

«O‘zgidromet»: Toshkentda 16 noyabr kuni qor yog‘ishi mumkin
«O‘zgidromet» 16 noyabr, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Ob havo Andijon1, Qarshi ob havo1, Navoiy ob havo1, Samarqand ob havo1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet»: Toshkentda 16 noyabr kuni qor yog‘ishi mumkin