Ehtiyot bo‘ling! 14-15 may kunlari O‘zbekistonda kuchli shamol kuzatilishi aytildi

Ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Avvalroq, 8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi Toshkentda kuchli shamol va momaqaldiroq oqibatida ko‘plab daraxtlar avtomobillar ustiga ag‘darilgan haqida xabar bergan edik. Bunday holat yana kuzatilishi mumkin.
Gidrometrologiya xizmat markaziga asoslanib "Qalampir.uz" xabar berishlaricha, 14-15 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati o‘zgarib turadi. Ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va respublikamizning tog‘li hududlarida ham yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
14-15 may kunlari respublikamiz bo‘yicha havo harorati o‘rtacha 25-30 daraja issiq bo‘lishi kutimoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing