17:17 / 02.12.2022
2 752

«O‘zgidromet» ma’lumoti: «Qora sovuq» necha kun davom etadi?

«O‘zgidromet» ma’lumoti: «Qora sovuq» necha kun davom etadi?
1 dekabrdan O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massasi kirib keldi.

Keyingi kunlarda sovuq havoning kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublikaning eng janubiy qismining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 0-5 daraja iliq, shimolda 2-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Sovuq antitsiklon ta’siri dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda kechalari 10-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning barcha hududlarida kuchsiz shamol bilan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet» ma’lumoti: «Qora sovuq» necha kun davom etadi?