
2022 yil noyabr oyida respublika bo‘yicha 83 197 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 5 377 taga oshgan.
Hududlar kesimida qayd etilgan tug‘ilishlar sonida Samarqand viloyati birinchi o‘rinni egalladi – 9 829 ta.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 9 154 ta hamda 8 847 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan Farg‘ona viloyati va Qashqadaryo viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
Surxondaryo viloyati – 7 658 ta;
Andijon viloyati – 7 602 ta;
Namangan viloyati – 7 489 ta;
Toshkent viloyati – 6 182 ta;
Toshkent shahri – 6 024 ta;
Xorazm viloyati – 4 614 ta;
Qoraqalpog‘iston R. – 4 069 ta;
Buxoro viloyati – 4 052 ta;
Jizzax viloyati – 3 485 ta;
Navoiy viloyati – 2 230 ta;
Sirdaryo viloyati – 1 962 ta. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar