O‘zbekistonning eng keksa odamlaridan biri 121 yoshni qarshiladi

Ayni damda respublikamizning turli hududlarida “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” yoshlar festivali o‘tkazilib kelinmoqda, deb yozmoqda "Qalampir" nashri. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan Yoshlar madaniyat va san’at markazi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “Kamolot” YoIH hamkorligida o‘tkazilayogan festival doirasida taniqli san’atkorlar, shoir va yozuvchilar bir qator aksiyalarda ishtirok etmoqda. Bular orasida keksalar bilan uchrashib, ularning holidan xabar olishdek savobli tadbirlar ham o‘rin olgan.
Aktyor Alisher Uzoqov va xonanda Mashhurbek Raimjonov Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi O‘zbekistonning eng keksa odamlaridan biri xonadonida mehmon bo‘lishdi. 1895 yilda tavallud topgan Huvaydo Umarova bu yil qutlug‘ 121 yoshni qarshiladi. U kishi bugun nafaqat Farg‘onaning, balki O‘zbekistonning faxriga aylangan. Ko‘p yillar jamoa xo‘jaligida faoliyat yuritgan onaxon bugun farzandlari, nabiralari bag‘rida keksalik gashtini surib yashamoqda.
Uni yo‘qlab borganlardan biri xonanda Mushhurbek Raimjonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga aya bilan tushgan suratini joylab, quyidagicha izoh qoldirdi:
“Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi 121 yoshli onaxon bilan uchrashdik. Taassurotlar “dahshat”! Axir, 121 yil – bu hazilakam muddat emas-ku...”
Tahririyatimiz nomidan onaxonga uzoq umr va mustahkam sog‘lik tilab qolamiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing