12:43 / 09.02.2023
391

10 fevral kuni ayrim hududlarda qor yog‘ib, harorat –7 darajagacha pasayadi

10 fevral kuni ayrim hududlarda qor yog‘ib, harorat –7 darajagacha pasayadi
Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida shamol tezligi kuchayadi. «O‘zgidromet» direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev Toshkent shahri aholisi va mehmonlaridan avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni so‘radi.

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 10 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja sovuq, kunduzi –1...+1 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –7...–12 daraja sovuq, Ustyurtda –15 daraja sovuqqacha, kunduzi –2...–7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja sovuq, kunduzi –2...+3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7 daraja sovuq, kunduzi –2...+3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7 daraja sovuq, kunduzi –2...+3 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi –2...+3 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin, Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida 25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –5...–10 daraja sovuq, kunduzi –2...–7 daraja sovuq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 10 fevral kuni ayrim hududlarda qor yog‘ib, harorat –7 darajagacha pasayadi