“O‘zgidromet” respublika bo‘ylab kelgusi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, 6 martda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, 7 martda 22-25 metr/sekundgacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 6 martda 20-25 daraja iliq, 7 martda 13-18 daraja iliq, 8 martda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 6 martda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 7 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 8 martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro viloyatida havo o‘zgarib turadi, 6-7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 6 martda 20-25 daraja iliq, 7 martda 22-27 daraja iliq, 8 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, 6 martda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, 7 martda 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 6 martda 20-25 daraja iliq, 7 martda 22-27 daraja iliq, 8 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 6 va 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, 7 martda Jizzax viloyatida 22-25 metr/sekundgacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 6 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 7 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq, 8 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 6 va 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, 7 martda Qashqadaryo viloyatida 22-25 metr/sekundgacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 6 martda 21-26 daraja iliq, 7 martda 23-28 daraja iliq, 8 martda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 6-7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 6 va 8 martda 17-22 daraja iliq, 7 martda 19-24 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 6 va 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir, baland tog‘liklarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 6 martda yog‘ingarchilik ba’zi joylarda kuchli boladi 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 6 martda 8-13 daraja iliq, 7 martda 12-17 daraja iliq, 8 martda 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Ob havo Andijon1, Qarshi ob havo1, Navoiy ob havo1, Toshkent ob havo1 “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring