Hukumat aviayo‘lovchilarni tekshirish tartibini tasdiqladi

O‘zbekiston hukumati O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi xavfsizligi yo‘lida aviayo‘lovchilarni tekshirish tartibi to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deyiladi "Kun" nashrida.
Unga muvofiq, havo xavfsizligi tekshiruviga barcha havo kemalari, yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, aeroport xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar hech qanday istisnosiz jalb qilinadi.
Taqiqlangan buyumlar va moddalar olib o‘tish imkoniyatini cheklash uchun tekshiruvdan o‘tganlar bunday tekshiruvdan o‘tmaganlar bilan muloqotga kirishmasligi kerak.
Tekshiruv chog‘ida taqiqlangan buyumlar va moddalar topilgan holatlarda, ular qaytarib berish yoki qaytarib bermaslik sharti bilan olib qo‘yiladi.
Tekshiruvdan bo‘yin tovlagan har qanday shaxsga havo kemasi bortiga o‘tish taqiqlanadi. Bunday vaziyatlarda yo‘lovchining shaxsi va uning tekshiruvdan bo‘yin tovlashi sababi aniqlanadi.
Qo‘lda olib o‘tiladigan yuklarni tekshirishda aviasion xavfsizlik bo‘yicha tekshiruv xizmatining tezkor nazoratchisi termoslar, radio va telequrilmalar, audio va videotexnika, portativ kompyuterlar, planshetlar, mobil telefonlar, musiqiy asboblar, katta hajmdagi o‘yinchoqlar, soyabonlar, tromtlar, kitob va boshqa buyumlarga e’tibor berishi kerak, chunki ularda portlovchi uskunalar, qurol-yarog‘ va olib o‘tilishi taqiqlangan boshqa xavfli buyumlar yashiringan bo‘lishi mumkin.
Yo‘lovchilarning yuki maxsus texnik vositalaridan foydalanib nazoratdan o‘tkaziladi.
Yo‘lovchilarning shaxsan o‘zlari esa taftish xonasida faqat o‘zlari bilan bir xil bo‘lgan jins vakillari tomonidan tekshiriladi. Bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘lovchini shaxsiy tekshiruvdan o‘tkazish taqiqlanadi. Voyaga etmagan bolalar, nogironlar etakchilik qiluvchi shaxsning ko‘z o‘ngida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Barcha suyuqliklar, aerozollar va gellar (SAG) aviasion xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkaziladi. SAGga barcha suyuqliklar, gellar, aerozollar, suv, boshqa ichimliklar, sho‘rvalar, qiyomlar, murabbolar, dudlangan go‘sht, souslar, losonlar, pardoz vositalari, spreylar, idish ichidagi, bosim ostidagi narsalar, soqol olish ko‘pigi, tish pastasi, qattiq moddalari bo‘lgan suyuqlik aralashmalari, gigienik pomada va shunga o‘xshash har qanday mahsulotlar kiradi.
SAG maxsus texnik vositalarida nazoratdan o‘tkaziladi. Aeroportdagi boj to‘lovisiz savdo qilinadigan do‘konlardan sotib olingan yoki havo kemasi bortida qo‘lga kiritilgan suyuqliklar bundan mustasno.
Barcha suyuqliklar 100 millilitrdan ko‘p bo‘lmagan idishlarda o‘tkaziladi. Dori-darmonlar, bolalarning sut mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va shu kabi parhez yoki tibbiy ehtiyojga mo‘ljallangan boshqa suyuqliklar bundan mustasno.
Yo‘lovchiga parvoz davomida zarur bo‘ladigan SAG (dorilar) tekshiruvdan o‘tadi. Ularni qo‘lda olib o‘tishga faqat kerakli tibbiy tasdiqlovchi hujjat olingandan keyingina ruxsat etiladi.
O‘simlik va hayvonlar tekshiruv xizmatining tezkor nazoratchilari tomonidan ko‘rib chiqiladi, ular joylashgan qafas, konteyner va boshqa predmetlar maxsus texnik vositalari yordamida tekshirib chiqiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing