
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati +15...+20 darajani tashkil etadi.
Seshanba kunidan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda issiq va quruq havo massasi kirib keladi. Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 14 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib, +29...+32 darajani tashkil etadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +35...+37 darajagacha bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 11-14 aprel kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 10-11 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 metrdan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
10-11 aprelda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 10-11 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
Bugun poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. 11-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Chorshanba kunidan boshlab havo jadal isiy boshlaydi. Dushanba va seshanba kunlari kunduzgi havo harorati +16...+19 daraja, juma kuniga borib +30...+32 daraja atrofida bo‘ladi.
O‘zbekiston HududiHavo HaroratiShamol TezligiYomg‘ir Yog‘ishiTog‘li HududlarO‘zbekiston Respublikasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing