Termizda havo haroratining issiqligi bo‘yicha rekord yangilandi

Termizda havo haroratining issiqligi bo‘yicha rekord yangilandi
Termizda havo haroratining issiqligi bo‘yicha rekord yangilandi

O‘zbekistonning janubiy qismidagi viloyatlarda havo harorati isishda davom etmoqda, deyiladi "Kun" nashrida.

Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi hisoblangan Termiz shahrida 8 iyun kuni havo harorati +44 darajagacha isidi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» markazi.

Bu orqali 1995 yilning yozida qayd etilgan +43,4 darajali rekord yangilangan.

Bunday issiq harorat keyingi kunlarda ham saqlanib qolishi kutilmoqda.

8 iyun kuni Toshkent shahrida +39-41 daraja issiq bo‘ldi. Eng issiq harorat Surxondaryodan tashqari Buxoro, Navoiy va Qashqadaryoda kuzatilmoqda. Bu viloyatlarda ham harorat +44 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar