“O‘zgidromet” 1–3 may kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 1–2 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 29-34 daraja, 2 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja, 3 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1–2 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 3 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 1 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 2–3 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 1–2 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 3 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 1 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 2–3 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dollar mustahkamlanishining yangi davri boshlanmoqda
Chilonzorda avtobus va Lacetti to‘qnashdi