20:55 / 08.05.2023
424

Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi

Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmon imzoladi.
 
Farmon bilan, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qonun bekor qilinadigan bo‘ldi.
 
Vazirlar Mahkamasi 2 oy muddatda bu qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish bo‘yicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishi kerak.
 
Ichki ishlar vazirligiga esa bir oy muddatda fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda xabardor qilish tartibini joriy etishga qaratilgan mutlaqo yangi mexanizmlarni nazarda tutuvchi prezidenti farmoni loyihasini taqdim etish yuklatildi.
 
Bulardan maqsad – yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 32-moddasida belgilangan mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqi to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi