date

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga ilk yo‘lovchi poezdi qatnovi 27 avgustdan yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga ilk yo‘lovchi poezdi qatnovi 27 avgustdan yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi ilk yo‘lovchi poezdining qatnovi 27 avgustdan boshlab amalga oshiriladi. U poytaxtdan ertalabki 8:30 da yo‘lga chiqadi. Bu haqda Tvitter foydalanuvchilari tomonidan joylashtirilgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisi Achilboy Ramatov buyrug‘ida aytilgan. Hozirda hech qanday rasmiy ma’lumot berilmagan, deyiladi "Kun" nashrida.

Poezd marshruti yangi elektrlashtirilgan “Angren-Pop” temir yo‘l liniyasi orqali Toshkent-Angren-Orzu-Pop-Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon shaharlaridan o‘tadi.

Poezd 12ta yo‘lovchi vagonidan iborat bo‘ladi. 20 avgustga qadar yangi poezd qatnov grafigi yo‘lovchilarga ma’lum qilinadi.

Iyun oyining oxirida topshirilgan “Angren-Pop” temir yo‘lining uzunligi 123,1 km.ni tashkil qiladi. U Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning boshqa viloyatlari bilan bog‘ladi.

Rejaga ko‘ra, birinchi yil 600 ming nafar yo‘lovchi tashish ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga ilk yo‘lovchi poezdi qatnovi 27 avgustdan yo‘lga qo‘yiladi