O‘zbekiston demokratiya reytingida 148-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston har yili jahon mamlakatlarining demokratiya indeksini e’lon qiladigan Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqotlar tashkilotining 2023 yilgi reytingida 167 mamlakat ichida 148-o‘rinni egalladi.
“Demokratiya indeksi”ni 2006 yildan beri e’lon qilib kelinadi. Davlatlarga beshta toifa bo‘yicha ball beriladi, so‘ng ballar asosida har biri tuzum turi bo‘yicha tasniflanadi: to‘la demokratiya, nomukammal demokratiya, gibrid tuzum va avtokratiya. Mamlakatdagi demokratiya bilan bog‘liq vaziyatni 10 balldan 2,12 ball sifatida baholamoqda. Bunda toifalarga quyidagicha ball berilgan:
saylov jarayoni sifati va plyuralizm — 0,08 ball;
hukumat faoliyati — 1,86 ball;
siyosiy ishtirok — 2,78 ball;
siyosiy madaniyat — 5 ball;
fuqarolik erkinliklari — 0,88 ball.
2012 yilda O‘zbekiston The Economist Intelligence Unit reytingida 159-o‘rinda edi. 2018 yil uchun demokratiya indeksida O‘zbekiston 156-o‘ringa chiqqan. 2021 yilgi reytingida esa 150-o‘rinni egallagandi.
Shuningdek, reytingda Tojikiston — 155-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Turkmaniston esa reyting yakuniga yaqinroq — 162-o‘rinda. Qirg‘iziston va Qozog‘iston yetti pog‘ona yuqorilab, mos ravishda 109 va 120-o‘rinlarga joylashgan.
Bundan oldin Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirgani, O‘zbekiston xayr-saxovat bo‘yicha dunyo reytingida 36-o‘rinni egallagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!“Demokratiya indeksi”ni 2006 yildan beri e’lon qilib kelinadi. Davlatlarga beshta toifa bo‘yicha ball beriladi, so‘ng ballar asosida har biri tuzum turi bo‘yicha tasniflanadi: to‘la demokratiya, nomukammal demokratiya, gibrid tuzum va avtokratiya. Mamlakatdagi demokratiya bilan bog‘liq vaziyatni 10 balldan 2,12 ball sifatida baholamoqda. Bunda toifalarga quyidagicha ball berilgan:
saylov jarayoni sifati va plyuralizm — 0,08 ball;
hukumat faoliyati — 1,86 ball;
siyosiy ishtirok — 2,78 ball;
siyosiy madaniyat — 5 ball;
fuqarolik erkinliklari — 0,88 ball.
2012 yilda O‘zbekiston The Economist Intelligence Unit reytingida 159-o‘rinda edi. 2018 yil uchun demokratiya indeksida O‘zbekiston 156-o‘ringa chiqqan. 2021 yilgi reytingida esa 150-o‘rinni egallagandi.
Shuningdek, reytingda Tojikiston — 155-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Turkmaniston esa reyting yakuniga yaqinroq — 162-o‘rinda. Qirg‘iziston va Qozog‘iston yetti pog‘ona yuqorilab, mos ravishda 109 va 120-o‘rinlarga joylashgan.
Bundan oldin Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirgani, O‘zbekiston xayr-saxovat bo‘yicha dunyo reytingida 36-o‘rinni egallagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…