«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni topshirilishi to‘g‘risida Prezident farmoni imzolandi

23 avgust kuni to‘rt nafar yurtdoshimizga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni topshirilishi to‘g‘risida Prezident farmoni imzolandi.
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga «O‘zbekiston Qahramoni»unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali topshirilsin:
Kurbanov Ravshanbek Davletovich – «Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi» aksiyadorlik jamiyati direktori
Rajabov Sharipboy – Bog‘ot tumanidagi «Bog‘ot» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati
Ummatov Erkin Raxmanovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – «Angren – Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlig‘i
Sharapova Muxabbat Arapovna – Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing