«O‘zgidromet» 11-13 mart kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda -3...+2 daraja, 13 martda -0...-5 daraja, kunduzi 11 martda +8...+13 daraja, 12-13 martda +6...+11 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 11 martda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +13...+18 daraja, 12-13 martda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +7...+13 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi 11 martda +13...+18 daraja, 12-13 martda +8...+13 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda +5...+10 daraja, 13 martda +3...+8 daraja, kunduzi 11 martda +13...+18 daraja, 12-13 martda +9...+14 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 va 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11 va 13 martda +2...+7 daraja, 12 martda +5...+10 daraja, kunduzi 11 martda +11...+16 daraja, 12-13 martda +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chish xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 martda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 12 martda kechasi va kunduzi +0...+5 daraja, 13 martda kechasi va kunduzi -0...-5 daraja bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Amerikalik jurnalist Taker Karlson Lavrovdan intervyu oldi
Prokuratura tergovchisi 20000$ pora olayotganda qo‘lga tushdi
«O‘zgidromet» haftalik prognozni e’lon qildi
Isroillik ravvinni Ummonga o‘g‘irlab ketishmoqchi bo‘lgan...
Dunyoda unumsiz yer maydonlari Antraktida maydonidan oshib ketdi