158
Korrupsiyani oldini olish choralarini ko‘rmagan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqildi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va korrupsiyaning oldini olishda ta’sirchan mexanizmlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Qaror bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyani tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Milliy strategiyaning asosiy yo‘nalishlari:
- davlat boshqaruvi, davlat xizmati va davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olish;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olish;
- korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional asoslarini takomillashtirish;
- sud-huquq tizimida korrupsiyaning oldini olish;
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
- korrupsiyaga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.
Milliy strategiyaning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
Milliy strategiyani 2024—2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasida 7 ta yo‘nalishda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Jumladan,
- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni ko‘rmaganlik uchun mansabdorlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilash;
- har yili kamida 2 ta sohada korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, korrupsiyaga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazish;
- korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasini yuritishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yaratish;
- korrupsiya xavflarini ichki va tashqi tahlil qilish tizimini joriy etish;
- davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektor tizimida milliy halollik standarti (public integrity) institutini joriy etish;
- davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, shu jumladan ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini yanada kengaytirish.
Ushbu qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 27 martgacha davom etadi.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilga qadar mo‘ljallangan milliy strategiya ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilishi haqida Shavkat Mirziyoyev 2023 yilning dekabrida Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqida aytib o‘tgandi.
Tahlillarga ko‘ra, hozirda korrupsiyaning dunyo miqyosidagi zarari 3 trillion AQSH dollariga yaqin miqdorni tashkil qilmoqda. Ammo davlat rahbari eng yomoni jamiyat ko‘radigan ma’naviy zarar ekanini ta’kidlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi