15:30 / 06.04.2024
285

Kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi

Kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi
“O‘zgidromet” 8—10 aprel kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 aprelda ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 8—9 aprelda 20-25 daraja, 10 aprelda 22-27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 aprelda ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 8 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja; 9 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 10 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 aprelda ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 8 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja; 9 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja; 10 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 aprelda ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 8 aprelda 25-30 daraja, 9—10 aprelda 23-28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9—10 aprelda ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 8 aprelda 22-27 daraja; 9—10 aprelda 20-25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9—10 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 8 aprelda qor ko‘chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 8 aprelda 9-14 daraja; 9—10 aprelda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi