Lukashenko: «Yorqin yetakchi hayotdan ko‘z yumdi»

Lukashenko: «Yorqin yetakchi hayotdan ko‘z yumdi»
Lukashenko: «Yorqin etakchi hayotdan ko‘z yumdi»

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev, butun O‘zbekiston xalqi hamda marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.

Hamdardlikda Belarusda O‘zbekiston Prezidentining vafoti to‘g‘risidagi qayg‘uli xabar chuqur g‘am-anduh bilan qarshi olingani ta’kidlab o‘tilgan.

«O‘zini xalqiga va mamlakatiga xizmat qilishga bag‘ishlagan yorqin yetakchi hayotdan ko‘z yumdi. Hamyurtlari va butun dunyodagi do‘stlari Islom Karimovni nomi mustaqil O‘zbekistonning shakllanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan atoqli siyosiy va ijtimoiy arbob sifatida xotirlaydi», — qayd etib o‘tdi Aleksandr Lukashenko.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar