date

Dmitriy Medvedev Islom Karimovning vasiyatini hayotga tatbiq etib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga va’da berdi

Dmitriy Medvedev Islom Karimovning vasiyatini hayotga tatbiq etib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga va’da berdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan xayrlashuv marosimida qilgan chiqishida Rossiya ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida barcha ishni amalga oshirishini ishontirib aytdi. Uning chiqishi “O‘zbekiston” telekanali orqali namoyish etildi, deb yozmoqda “Daryo” nashri.

Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan motam mitingida chiqish qilar ekan, Dmitriy Medvedev Rossiya rahbari Vladimir Putin, Rossiya xalqi, hukumati va o‘z nomidan hamdardlik bildirdi.

“Biz tez-tez muloqot qilardik, bu muloqotlar har doim o‘ta samarali, davlatlarimiz o‘rtasida, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida mustahkam, do‘stona, ittifoqchilik munosabatlari bo‘lishi uchun nihoyatda foydali bo‘lar edi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti aynan shuni xohlagan edi, va bu amalga oshdi”, — ta’kidladi u.

“Ishonchim komilki, biz bundan keyin ham Rossiya Federasiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik va ittifoqchilik aloqalarini aynan shu ruhda rivojlantirib, mamlakat Birinchi Prezidentining vasiyatini hayotga tatbiq qilib boramiz”, — qo‘shimcha qildi Rossiya hukumati rahbari.

“Hali oldinda ko‘p ish turibdi, lekin O‘zbekiston yoshlari Vatanga xizmat qilishning juda yuqori bosqichini belgilab bergan inson sifatida Birinchi Prezidentdan o‘rnak oladi”, — dedi Medvedev.

“Yana bir bora butun O‘zbekiston xalqiga birdamlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini bildirishni istardim. Ushbu qayg‘uli kunlarda biz siz bilanmiz, bundan shubhalanmasangiz ham bo‘ladi… Biz O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni yodda tutamiz”, — deb so‘ziga yakun yasadi u.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dmitriy Medvedev Islom Karimovning vasiyatini hayotga tatbiq etib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga va’da berdi