date

Toshkentda savdo markazlaridagi ko‘ngilochar maydonchalar vaqtincha yopildi

Toshkentda savdo markazlaridagi ko‘ngilochar maydonchalar vaqtincha yopildi

3 sentyabrdan O‘zbekistonda e’lon qilingan uch kunlik motam munosabati bilan Toshkentdagi savdo-ko‘ngilochar markazlarining o‘yin maydonchalari vaqtincha yopildi. Bu haqda Samarqand Darvoza, Parus, Next, Mega Planet va Vega savdo-ko‘ngilochar markazlarining Facebook'dagi sahifalarida xabar qilindi, deb yozmoqda «Kun» nashri.

Unga ko‘ra, markazlar hududidagi o‘yin maydonchalari, attraksionlar, kinoteatrlar va boshqa ko‘ngilochar loyihalar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

«03.09.2016 dan 06.09.2016 gacha Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazida turli tadbirlar va turli reklama aksiyalari o‘tkazilmaydi, shuningdek, 4- va 5- qavatlarda joylashgan o‘yin maydonchalari, bouling «The Bowler», «Royal Cinema» kinoteatri va qo‘g‘irchoq teatri ishlamaydi. Qolgan barcha kafe, do‘kon va fud-kortlar belgilangan grafik asosida faoliyatini davom ettiradi», - deyilgan markaz xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda savdo markazlaridagi ko‘ngilochar maydonchalar vaqtincha yopildi