12 sentyabr — Qurbon hayiti bayrami kuni — dam olish deb e’lon qilindi. 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev shu haqdagi qarorni imzoladi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.
«O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 12 sentyabr dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2016 yil 12 sentyabr mamlakatimizda dam olish kuni deb belgilansin va bayram sifatida keng nishonlansin», — deyiladi hujjatda.
Respublika «Nuroniy», «Mahalla» jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlariga Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, milliy qadriyatlarga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?