
2016 yilning 1 oktyabridan elektr energiyasining narxlari oshiriladi. Bu haqda «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.
Yangi tarifga ko‘ra 2016 yilning 1 oktyabridan 1 kilovatt/soat elektr energiya narxi 4,9 foizga o‘sib, 182 so‘mdan 191 so‘mga chiqadi.
Elektr plitalar bilan jihozlangan turar-joy aholisi uchun esa elektr energiya narxi 91 so‘mdan 95,5 so‘mgacha qimmatlashadi.
Manba: diydoraziz.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar