Namanganlik soliq xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida aholiga noqonuniy tarzda transport xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan 1704 nafar fuqaroni aniqlandi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.
Namanganlik Ismoil N. shaxsiy avtomashinasida yo‘lovchi tashiyotganida to‘xtatildi. U yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi birorta ham hujjat ko‘rsata olmadi va avtomobili jarima maydonchasiga jo‘natilib, ma’muriy bayonnoma tuzildi. Noqonuniy tarzda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan to‘raqo‘rg‘onlik Bahodir R. bilan ham shunday hol yuz berdi.
Nashrning bildirishicha, jami bo‘lib 1896 ta transport vositasi tekshirildi. Deyarli har bir holatda yo‘lovchilarni tashish noqonuniy tarzda olib borilayotganligi aniqlandi. 1334 nafar qonunbuzarga sud qarorlari asosida jami 723 million so‘mlik jarima jazosi qo‘llanildi. Yana 26 nafar qonunbuzarga nisbatan jinoiy jazo qo‘llanilishi mumkin – ularning ishi prokuraturaga oshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)