
Bollivud yulduzi Ayshvariya Hindistonning eng badavlat tadbirkori toʻyiga turmush oʻrtogʻi bilan tashrif buyurmagani uchun hind OAVlarida mish-mishlar tarqala boshladi. Bu haqda “Ekspress gazeta” xabar bermoqda.

Foto: Lifestyle Asia
Aktrisa Ayshvariya Ray Mumbayda boʻlib oʻtgan milliarder Anant Ambani va Radhika Merchant nikoh toʻyiga faqat qizi Aaradhya bilan birga keldi. Yulduz marosim davomida turmush oʻrtogʻining qarindoshlaridan uzoqda yurdi. Ray hatto Bachchan qarindoshlari bilan esdalik uchun suratga ham tushmadi. Shu sababli “Sevgi haqida bir necha soʻz” filmida bosh rolni ijro etgan Abhishek Bachchan va uning turmush oʻrtogʻi Ayshvariya Ray ajrashishi haqida mish-mishlar tarqala boshladi.

Ambanilar toʻyidan lavha
Foto: The Indian Express
Ayshvariyaning qaynonasi bilan yaxshi munosabatda emasligi haqida koʻplab manbalar qayd etib oʻtgan. Bir necha yil avval aktrisa va uning eri oilaviy mojarolarga barham berish uchun Bachchanlar oilasiga tegishli xonadondan koʻchib ketishga majbur boʻlishdi, ammo bu ham yordam bermagan koʻrinadi.

Foto: Bollywood Shaadis
Dunyo goʻzalining muxlislari uni ijtimoiy tarmoqlarda qoʻllab-quvvatlamoqda. Uning qaynonasi, 76 yoshli aktrisa Jaya Bhaduri ishtirokidagi video ostida Ayshvariyaning tarafida boʻlgan foydalanuvchilar koʻplab fikrlar bildirgan. Muxlislar Abhishek Bachchan Ayshvariyadek goʻzal va iste'dodli ayolga loyiq emasligini hamda uning karerasi qulashida Bachchanlar oilasi aybdor ekanini ta'kidlab oʻtdi:
“Abhishek oʻz juftini birinchi oʻringa qoʻymasligi va oʻz oila a'zolari bilan rafiqasiga qarshi til biriktirishi achinarli holat”, “Bachchanlar hech qachon Ayshvariyani oʻz oilasining sevimli a'zosi sifatida qabul qilmagan”, “Abhishek er va otalik vazifasini yaxshi bajara olmadi”, “Bu nikoh uni Rayning hayotini barbod qildi”, deb yozadi Ayshvariya muxlislari.

Foto: Swaddle
Qayd etish joizki, Abhishek va Ayshvariya soʻnggi kunlarda tarqalgan mish-mishlarga javoban hech qanday izoh bermadi.
2007 yil yanvar oyida Ayshvarya Ray va Abhishek Bachchan unashtirilganini e'lon qildi va 2007 yilning 20 aprelida tantanali toʻy marosimi boʻlib oʻtdi. 2011 yil 16 noyabrda Bachchanlar oilasida muhim voqea sodir boʻldi. Mumbaydagi nufuzli klinikada aktrisa Aaradhiya Bachchan ismli qizni dunyoga keltirdi. Bu vaqtda aktrisa 38 yoshda edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar