date 13:48 / 15.08.2024
views 297

“O‘zgidromet” 16 avgust kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

“O‘zgidromet” 16 avgust kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi
“O‘zgidromet” 16 avgust kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, juma kuni harorat bir kun avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan bir necha darajaga pasayadi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Prognozlarga ko‘ra, 15 avgust kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga kirib kelgan salqin havo 16 avgustda sharqqa tomon harakatlana boshlaydi va havo haroratining pasayishi O‘zbekistonning barcha hududini qamrab oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston