O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev shu yilning 25 sentyabrida Toshkent shahrining Sergeli tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi mavzelari, ko‘p qavatli turar joylar va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, nurab qolgan eski uylar o‘rnida yangi binolarni qurish, ko‘p qavatli uylardagi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olib, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, bu borada iqtisodiy tejamkor usullarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Aholi vakillari va shahar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan yirik dastur – Sergeli tumanida 2017-2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uyning bunyod etilishi bilan bog‘liq loyiha ishlab chiqilganiga alohida to‘xtaldi. Bu turar joylarning bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan puxta loyihalar asosida qurilishi, ularni eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta’minlash bo‘yicha mutasaddi rahbarlar va mutaxassislar bilan atroflicha fikr almashdi.
Ta’kidlash joiz, bu ulkan loyihaning amalga oshirilishi qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. Shunisi e’tiborliki, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi.
Uchrashuvda yana bir muhim masala – azim poytaxtimizning barcha tumanlarida yangi madaniyat va istirohat bog‘lari barpo etish, yashil maydon va hududlarni yanada ko‘paytirish masalasi muhokama etildi. Poytaxtda yangi transport-kommunikasiya tarmoqlari, madaniy-maishiy ob’ektlar bunyod etish, er usti tezyurar metro yo‘nalishlari qurilishini loyihalashtirish ishlarini jadallashtirish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.
Shavkat Mirziyoyev yaqin kelgusida amalga oshirilishi mo‘ljallangan bu loyihalar nafaqat Sergeli tumanini, balki butun Toshkent shahrining imkoniyat va salohiyatini yanada yuksaltirish yo‘lida katta istiqbollar ochib berishini qayd etdi.
Uchrashuvda poytaxt aholisi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ulkan hajmdagi obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlarni hayotdan rozi qilish masalasi doimiy e’tibor markazida bo‘lishi ta’kidlandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi