O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumaniga tashrif buyurib, taaluqli tashkilotlarga er usti metrosi qurilishini tezlashtirishni topshirdi. Bu haqda "Sputniknews-uz.com"ga asoslangan xolda "Carzone.uz" sayti xabar berdi.
Tumanga uyushtirilgan tashrif davomida, Shavkat Mirziyoyev uy-joy va ijtimoiy ob’ektlar qurilishi hamda kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishib chiqdi. Prezident vazifasini bajaruvchi eskirgan binolar o‘rniga yangilarini qurish, ko‘p xonadonli uylarda yashash sharoitlarini yaxshilash hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor berdi.
Jamoat vakillari, shahar rahbariyati va mutaxassislar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Sergeli tumanida 2017-2022 yillarda 500ta ko‘p xonadonli uylar qurilishi loyihasida alohida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu loyiha 30 ming aholini yangi uy bilan ta’minlash masalasini hal qilishi kerak. Yangi qurilgan uylardagi xonadonlar imtiyozli ipoteka kreditlari asosida aholiga topshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, poytaxtning barcha tumanlarida yangi bog‘lar qurilishi va yashil hududlar tashkil qilish, yangi transport kommunikasiya tarmoqlari, madaniy-maishiy ob’ektlar qurilishi hamda er usti metro yo‘li qurilishini jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev, belgilangan ushbu loyihalar kelajakda nafaqat Sergeli tumanining, balki Toshkent salohiyatini oshirishini ta’kidladi.
Uchrashuv qatnashchilari, poytaxtda hayot darajasi va sifatini oshirish masalasi doimo diqqat markazida bo‘lishi kerakligini aytib o‘tishdi. Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi