Kelgusi yilda energetika resurslari narxlarning qimmatlashishi umumiy inflyatsiyaga 1,5-1,8 punktga ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda MB raisi Mamarizo Nurmurodov 31 oktyabr kungi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Regulyator raisiga gaz, neft kabi mahsulotlarni import qilishda Rossiyaga qaramlikning oshib borayotgani va buning ichki bozordagi narxlarga ta’siri qanday bo‘lishi haqida savol berildi.
«May oyida energiya resurslar narxlari oshirilishining inflyatsiyaga ta’sirini 4,2 foiz kutgan edik, amalda 3,9 foiz bo‘ldi. Kelgusi yilda narxlarning oshishi 1,5-1,8 punktga ta’sir qilishini inobatga olyapmiz.
Importning bitta davlat yoki boshqa davlatga bog‘liqligiga keladigan bo‘lsak, biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelib, ichki bozorda qanaqa narxda shakllanishi. Ha, albatta, savolingiz to‘g‘ri va o‘rinli. Bitta yetkazib beruvchi bilan bog‘liqlik ma’lum jihatdan logistikada yoki boshqa joydagi uzilishlar ichki bozordagi narxlarga ta’sir qiladi. Biz bu kabi xatarni inobatga olishga harakat qilganmiz. Hukumatga ham import parametrlari shakllanayotganda qarashlarimiz va fikrlarimizni kiritganmiz. Albatta, bitta subyektga bog‘lanish ma’lum bir xatarlarni tug‘diradi, bu bor narsa», dedi Mamarizo Nurmurodov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi