Foto: Dunyo
Mamlakat elchisi Alisher To‘xtayev Panjob viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston faxriy konsuli Najib Vohra bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki tomon tadbirkorlari duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Panjob viloyati tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalarini jadallashtirishning yangicha yechimlari borasida takliflar ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazish, investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy diplomatiyani jadal ilgari surish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini kelishib oldilar.
Yil yakuniga qadar O‘zbekiston mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha maqsadli rejalarni ortig‘i bilan bajarish muhimligi ta’kidlandi. Istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, to‘qimachilik va qog‘oz sanoatida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mezbon mamlakatning yirik sohaviy kompaniyalari delegatsiyalarining yurtimizga tashrifini uyushtirish rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, O‘zbekistondan eksport qilinayotgan mahsulotlar uchun saqlash omborini barpo etish borasidagi kelishuv ham kelgusi yil reja-jadvalidan o‘rin oldi.
Joriy yil boshidan buyon Najib Vohraning bevosita ishtirokida O‘zbekistondan Pokistonga qariyb 32 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
Ekspert: Putinning “Oreshnik” raketasi Vashingtonni xavotirga solib qo‘ydi
Rossiya nega Suriyani boy berdi? Asad rejimi qulashining asosiy sabablari...