Foto: Norma.uz
«Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda «Ijtimoiy karta» tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Dekabr oʻrtalarida prezident barcha hujjatlarning oʻrnini bosadigan bitta karta joriy etilishini e'lon qilgan edi.
Qarorga koʻra, ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda:
- barcha fuqarolar uchun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi;
- bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohishiga koʻra muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.
Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha arizalar quyidagilar orqali taqdim etiladi:
- YaIDXP (my.gov.uz);
- «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi;
- «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda alohida hollarda ijtimoiy xodimlar;
- moliyaviy agent.
Ijtimoiy kartani samarali amaliyotga tatbiq etish hamda «Ijtimoiy karta» AT va mobil ilovaning lozim darajada ishlashini ta'minlash maqsadida:
2025 yil 1 yanvardan boshlab «Ijtimoiy karta» AT va mobil ilovani texnik qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy karta boʻyicha toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi toʻlov tashkilotining tun-u kun faoliyat koʻrsatadigan texnik xizmati tomonidan amalga oshiriladi;
2025 yil 1 fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari boʻyicha agentlikning axborot-ma'lumotnoma xizmatlarini koʻrsatuvchi «1070» qisqa raqamli va tun-u kun faoliyat koʻrsatadigan xizmati («Ishonch telefoni») faoliyati test rejimida yoʻlga qoʻyiladi.
Dekabr oʻrtalarida prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgandi. Yigʻilishda davlat rahbari barcha hujjatlarning oʻrnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini e'lon qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekiston nima uchun ov qilishga moratoriy joriy etmoqchi boʻlyapti?
Oʻzbekistondan qoʻshni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi
Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi
Oʻzbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri joriy etiladi
9 yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
Davlat sirlari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi
Oʻzbekistonda tarqatish taqiqlangan materiallar roʻyxati yangilandi
Toshkent viloyatida isitish va issiq suv narxlari oshadi