22:53 / 03.01.2025
106

Prezidentning qishloq xoʻjaligi boʻyicha qarorida nimalar koʻzda tutildi?

Prezidentning qishloq xoʻjaligi boʻyicha qarorida nimalar koʻzda tutildi?
Foto: Norma.uz
“Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot etishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-465-son, 30.12.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, dala chetlari hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagi yangi tartib joriy etiladi:

- qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtirishni tashkil qilish boʻyicha:

- Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida mahsulot etishtirish, qishloq xoʻjaligi sub'ektlariga urugʻ va koʻchatlar etkazib berish hamda etishtirilgan mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirishni tashkil qilish vazifasi yuklatiladi;

- Agentlik yil davomida daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarning talablarini oʻrganadi.

- dala chetlaridan samarali foydalangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha:

- ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul beriladi;

- dala chetlariga ekilgan “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli koʻchatlarni sotib olish xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvandtagli koʻchatga 25 ming soʻmdan oshmagan holda Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston