13:27 / 06.01.2025
343

Oʻzbekiston ayrim hududlarida 7 yanvar kuni yomgʻir, qor yogʻishi kutilmoqda

Oʻzbekiston ayrim hududlarida 7 yanvar kuni yomgʻir, qor yogʻishi kutilmoqda
“Oʻzgidromet” 7 yanvar, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma'lumot berdi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, kechaga tomon yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo bir oz bulutli boʻladi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yogʻingarchilik (yomgʻir,qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha etishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq boʻladi.

Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha etishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha etishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha etishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduz 4-9 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi.

Prognozlarga koʻra, Oʻzbekiston hududi boʻyicha 2025 yil yanvar oyining birinchi yarmida anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti. Havo harorati yanvar oyi boshi uchun boʻlgan oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston