138
Endi shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron nusxasi ham rasman tan olinadi
Hukumat qarori bilan hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi. Unga koʻra, 2025 yil 1 iyuldan Oʻzbekiston hududida shaxsni tasdiqlovchi (ID karta, nikoh va haydovchilik guvohnomasi, ishonchnoma va boshq.) hujjatlarning elektron nusxasi ham davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan majburiy tartibda qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda «ijtimoiy karta» tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori bilan 2025 yil 1 iyuldan boshlab «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.
Ma'lum qilinishicha, bunda my.gov.uzʼda ushbu raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va ular Oʻzbekiston hududida majburiy tartibda qabul qilinadi.
Qaror ilovasiga koʻra, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va «Ijtimoiy karta» mobil ilovasida quyidagi hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi:
- Oʻzbekiston fuqarosining biometrik pasporti;
- Oʻzbekiston fuqarosining identifikatsiyalovchi ID kartasi;
- Haydovchilik guvohnomasi;
- Tugʻilganlik haqida guvohnoma;
- Nikoh qayd etilgani haqida guvohnoma;
- Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma;
- Transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
- Pensiya (nafaqa) guvohnomasi;
- Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID kartasi)
- Nogironlik toʻgʻrisida ma'lumotnoma;
- Transport vositasining majburiy sugʻurta (fuqarolik javobgarligi) boʻyicha sugʻurta polisi;
- Oliy, oʻrta-maxsus, kasb-hunar va professional ta'lim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjat;
- Talabalik guvohnomasi;
- Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
- Oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida ma'lumotnoma;
- Turar joy ob'ektlarining kadastr pasporti;
- Jismoniy shaxsning shaxsiy avtomototransport vositasini boshqa shaxslarga boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma.
Raqamli servislarning qogʻoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni roʻyxatdan oʻtkazishda va Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni koʻrsatish, shu jumladan, elektron xizmat koʻrsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda talab etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekiston nima uchun ov qilishga moratoriy joriy etmoqchi boʻlyapti?
Oʻzbekistondan qoʻshni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi
Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi
Oʻzbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri joriy etiladi
9 yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
Davlat sirlari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi
Oʻzbekistonda tarqatish taqiqlangan materiallar roʻyxati yangilandi
Toshkent viloyatida isitish va issiq suv narxlari oshadi