7 813
Tadbirkorlik sub’ektlarini internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «Internet orqali tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat etuvchi hujjatlarni topshirish tizimini takomillashtirish va soddalashtirish» mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda Terabayt.uz yozmoqda.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, huquq va axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Parlament quyi palatasining Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I. Abdullaev, Savdo-sanoat palatasi raisi A. Shayxov va boshqalar tadbirda chiqish qildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 5 oktyabrda imzolagan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon ijrosi doirasidagi vazifalar muhokama etildi.
Tadbirda tadbirkorlik sub’ektlarini internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini tartibga soluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirishga doir takliflar bildirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi