244
500 nafar rahbarlik lavozimida ishlayotganlarning korruptsiyaga moyilligi baholanadi
2025 yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Davlat xizmatchilarida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaktsinasi”ni singdirish hamda bu borada preventiv mexanizmlarni joriy etish koʻzda tutilmoqda.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Rahbar kadrlarni baholash markazida Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi asosida 2025 yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korruptsiyaga moyilligi darajasi baholanadi.
Davlat xizmatchilarida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish boʻyicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida ta'sirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflar muntazam (yiliga kamida bir marta) kiritib boriladi.
Bundan tashqari, yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
“Mening fikrim” portali negizida “Mening taklifim” elektron portalini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilib, Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasiga kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Oʻzgidromet” 15 yanvarga ob-havo prognozini e'lon qildi
“Beshagach” bozorining oʻrnida biznes markaz qurilishi rejalashtirilmoqda
Samarqandda metro qurilishi boshlanishi mumkin
Toshkentda yirik ma'lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etiladi
Ovchilik guvohnomasini endi onlayn olish mumkin boʻldi
Toshkentda yangi tramvay yoʻnalishi qurilishi rejalashtirilmoqda