Foto: Prezident matbuot xizmati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 15 yanvar kuni Dubay shahrida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara oʻtkazdi.
Uchrashuvda bugun boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar samarali boʻlgani hamda Oʻzbekiston-BAA munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga koʻtargani yuqori baholandi.
Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash kabi sohalarda faol muloqotlar va samarali hamkorlik olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.
BAAdagi sheriklar bilan Oʻzbekistonda sun'iy intellekt sohasida yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.
Dubayning ilgʻor echimlarini shaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani yaratish doirasida joriy etishga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar faol muloqotni davom ettirish va amaliy sheriklikning barcha yoʻnalishlarida keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gidrometeorologiya xizmati ob-havo boʻyicha ogohlantirish e'lon qildi
Hududlarda kichik otellar qurilishiga subsidiyalar ajratiladi
Oʻzbekistonda poraxoʻrlikda ayblangan hokim va “zamhokimlar”
Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida iqtisodiy sheriklikning yangi davri boshlandi
Oʻzbekiston BAA bilan “quruq” portlar barpo etish boʻyicha hamkorlik qiladi
“Oʻzgidromet” 15 yanvarga ob-havo prognozini e'lon qildi