Oʻzbekistonda aholiga rasmiy ish joyi boʻlmasa ham, daromadini deklaratsiya asosida hisobga olib, ipoteka krediti olishi uchun imkoniyat yaratilgan.
«Lekin hozirda xorijga ishlashga ketganlarga «Oʻzbekistonda rasmiy daromadi yoʻq», degan vaj bilan kredit va subsidiya berilmayapti», – deydi Prezident Mirziyoyev bugungi yigʻilishda.
Shu sababli davlat rahbari mutasaddilarga xorijda mehnat qilayotgan va olti oy ichida muntazam pul oʻtkazib kelayotgan oʻzbekistonliklar daromadini hisobga oladigan tizim yaratishni topshirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilda uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trillion soʻm resurs berilmoqda.
Banklar bunga qoʻshimcha 10 trillion soʻm yoʻnaltirishni maqsad qilgan. «Ipoteka kompaniyasi» ham bu maqsadlarga 2,3 trillion soʻm resurs yoʻnaltiradi.
Mutasaddilarga 2025 yilda kamida 70 mingta xonadon uchun ipoteka krediti taqdim etish, shundan 30 mingi uchun kreditni boshlangʻich badal uchun byudjetdan subsidiya toʻlab, daromadi yuqori boʻlmagan oilalarga berish vazifasi qoʻyildi.
Sohada yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish uchun yangi uy-joy oladigan fuqarolarga oʻzi toʻlagan mablagʻining bir qismini keshbek qilib qaytarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
Yigʻilish davomida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar